"Atletiko" Ernandesni "Bavariya"ga sotmaydi!

  • 25 dekabr, 2018, 11:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Atletiko” klubi himoyachisi Lyuka Ernandes avval xabar berilganidek qishki transferlar davrida “Bavariya”ga ketmaydi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “matraschilar” ijrochi direktori Migel Anxel Xil Marin hamda sport direktori Andrea Bertalar “Bavariya” prezidenti Uli Xyoness va direktorlar kengashi boshlig‘i Karl-Xaynts Rummeniggelar bilan ushbu masala yuzasidan uchrashuv o‘tkazishgan. Madridliklar rahbariyati ushbu suhbat chog‘ida Ernandesni sotmoqchi emasliklari va aksincha u bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirayotganliklari haqida gapirishgan.

Ma’lumotlarga qaraganda “Atletiko” Ernandes bilan yanvar oyining ikkinchi yarmidan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli frantsiyalik futbolchi joriy mavsum La Ligada jami 10ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!