"Atletiko" futbolchisi "Valensiya"ga o‘tishga yaqin turibdi
Madridning "Atletiko" klubi xujumchisi Kevin Gameyro "Valensiya"ga o‘tishga yaqin turibdi.
Marca nashrining xabarlariga ko‘ra, "ko‘rshapalaklar" 31 yoshli futbolchini 14 million evro transfer narxi va 6 million evro bonuslar evaziga o‘z safiga qo‘shmoqchi.
Madridliklar "Milan"ning xujumchisi Nikola Kalinichni o‘z safiga qo‘shib olganlaridan Gameyroning transferiga rozilik bildirishadi.

Fikrlar