
"Atletiko" iqtidorli futbolchisini "Manchester Yunayted"ga qo‘yib yubormoqchi emas
Madridning "Atletiko" klubi Lukas Ernandesni "Manchester Yunayted"ga qo‘yib yubormoqchi emas. Aytish lozimki, mankuanliklar uni qishki transferlar chog‘idayoq sotib olishmoqchi.
Gap shundaki, MYu 22 yoshli futbolchini “Atletiko”dan shartnomasida belgilangan 80 million evro tovon pulini to‘lab xarid qilmoqchi. AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “matraschilar” Ernandes bilan yangi shartnoma imzolab, uning tovon pulini 150 million etib belgilashmoqchi. Bu boradagi muzokaralar boshlab yuborilgani aytilmoqda.
Fikrlar