"Atletiko" o‘z tarixidagi eng yaxshi startni qayd etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Atletiko” klubi kecha Ispaniya La Ligasining 13-turida safarda “Levante” mehmoni bo‘lib 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

E’tiborlisi, “matraschilar” chempionat startining o‘tgan  13ta uchrashuvida birorta ham mag‘lubiyatga uchramay, o‘z tarixlarida yangi sahifa ochishdi. Ular hisobida hozircha 7ta g‘alaba va 6ta durang mavjud.

Bu boradagi avvalgi rekord 1995/96 yilgi mavsumda sodir bo‘lgan. O‘shanda chempionatning dastlabki 12ta turida mag‘lubiyatga uchramagan “Atletiko” yakunda chempionat va kubok musobaqalarida g‘olib chiqib, “Oltin dubl”ni qayd etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!