"Atletiko"ning ikki etakchisi ertaga "Borussiya" Dortmundga qarshi o‘yinda ishtirok etolmasligi mumkin

  • 05.11.2018 15:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Diego Godin hamda hujumchisi Diego Kostaning joriy hafta Chempionlar ligasi doirasida “Borussiya” Dortmundga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida qolmoqda.

FOX Sports nashri tarqatgan xabarga qaraganda har ikkala futbolchi ham nemis grandiga qarshi bo‘ladigan o‘yinga qadar to‘liq tiklanib ulgurmasliklari mumkin. Aytish lozimki, urugvaylik futbolchining oshqozoni bezovta qilmoqda, ispaniyalik futbolchi esa mushaklaridan jarohat olgan.

Eslatib o‘tamiz, "Atletiko" - "Borussiya" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!