
Azar "Chelsi"dan ketadi va golland klubi bilan shartnoma imzolaydi (FOTO)
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Kilyan Azar faoliyatini Gollandiyaning "Venlo" klubida davom ettiradigan bo‘ldi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli futbolchi yaqin 10 kun ichida yangi jamoasi safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng tomonlar o‘zaro shartnoma imzolashadi.
Ta’kidlash kerakki, Kilyan Azar “Chelsi” etakchisi Eden Azarning kichik ukasi hisoblanadi. U “aristokratlar” safida 2017 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Kilyan ushbu vaqt mobaynida “Chelsi”ning yoshlar jamoasida jami 12ta o‘yin o‘tkazib, raqiblari darvozasiga 2ta to‘p kiritishga erishgan.
Fikrlar