
BAA. Shukurovning jamoasi mavsumni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi
O‘zbeksiton milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyat olib boradigan "Sharja" klubi mavsumdagi ilk o‘yinini safarda "Al-Dafra"ga qarshi o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuvda mehmonlar 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Hamyurtimiz belashuvni asosiy tarkiba boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper Shukurovni Suriya va Eronga qarshi kechadigan o‘rtoqlik o‘yinlari uchun termaga taklif etgan edi.
BAA Pro-ligasi. 1-tur
"Al-Dafra" - "Sharja" 0:4.
Fikrlar