BAAda O‘zbekiston bilan o‘ynaydigan Gruziya termasining tarkibi e’lon qilindi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Gruziya terma jamoasi bosh murabbiyi – slovakiyalik mutaxassis Vladimir Vayss BAAdagi yig‘inda ishtirok etadigan futbolchilar tarkibini e’lon qildi.

Gruziya terma jamoasi yig‘in doirasida O‘zbekiston milliy termasi bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv 23 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Quyida Gruziya terma jamoasining BAAdagi yig‘iniga jalb etilgan futbolchilar bilan tanishish mumkin.

Darvozabonlar: Roin Kvasxavadze (“Torpedo”, Kutaisi), Omar Migineishvili (“Samtredia”, Samtredia), Oto Goshadze (“Avchala”, Tbilisi).

Himoyachilar: Tornike Grigalashvili (“Chixura”, Sachxere), Fyodor Grigalashvili (“Avchala”, Tbilisi), David Xocholava (“Chernomorets”, Odessa, Ukraina), Giorgi Rexviashvili (“Lokomotiv”, Tbilisi), Lasha Shergelashvili (“Riga”, Latviya), Ucha Lobjanidze (“Atirau”, Qozog‘iston), Georg Kimadze (“Torpedo”, Kutaisi).

Yarim himoyachilar: Teymuraz Shoniya (“Dinamo”, Batumi), Georg Ganugrava (“Chixura”, Sachxere), Oleg Forman (“Torpedo”, Kutaisi), Otar Kiteishvili (“Dinamo”, Tbilisi), Bachana Arabuli (“Dinamo”, Tbilisi), Georg Xaraishvili (“Avchala”, Tbilisi), Beka Tugushi (“Torpedo”, Kutaisi), Saba Lobjanidze (“Dinamo”, Tbilisi), Georg Papunashvili (“Dinamo”, Tbilisi).

Hujumchilar: Vladimir Dvalishvili (“Atirau”, Qozog‘iston), Budu Zivzivadze (“Samtredia”, Samtredia).

BAAdagi yig‘in doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Gruziyadan tashqari Daniya U-23 bilan ham o‘rtoqlik uchrashuv o‘tkazadi. Ushbu bellashuv 22 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Samvel Babayan terma jamoamizning BAAdagi yig‘iniga boradigan tarkibini bugun e’lon qilishi kerak. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!