Bahodir Nasimovning "Buxoro"dan ketishi qanday yuz berdi?

  • 6 iyul, 2018, 11:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bundan bir necha kun avval mavsumni “Buxoro”da o‘tkazayotgan tajribali hujumchi Bahodir Nasimov Ozarbayjonning “Inter” klubi bilan shartnoma imzoladi. SPORTS.uz muhbiri esa Nasimov bilan bog‘lanib, u bilan bo‘lib o‘tgan voqealar haqida suhbatlashdi. Futbolchi suhbat davomida o‘zining “Buxoro”dan ketishi qanday sodir bo‘lgani haqida ham gapirib berdi.

Tecno

“Buxoro” bilan shartnoma imzolayotgan paytimda agar menga xorij klubidan taklif kelib tushsa, qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishi haqidagi bandni kiritib qo‘ygandik. Albatta, mavjud vaziyat haqida Ulug‘bek akaga tushuntirishimga to‘g‘ri keldi. Ozarbayjonliklar menga jiddiy qiziqib qolishgandi, bunday paytda ularning taklifiga bee’tibor bo‘la olmas ekansiz. Boz ustiga ular Evropa ligasida ham ishtirok etishadi. Baqoev bilan suhbatda hammasini ikir-chikirigacha aytib, Ozarbayjonga ketsam maylimi deb so‘radim. Meni ham to‘g‘ri tushunib, mayli ketaver dedi. Lekin rosti, o‘sha klubdan taklif kelib tushganida ham “Buxoro”da qolaman deb o‘ylagandim. Ammo ularning Evropa ligasida ishtirok etishi meni o‘ziga jalb qildi. Baribir bu musobaqaning saviyasi boshqacha. Legioner sifatida yana bir bor u erda o‘zimni ko‘rsatish istagi tug‘ildi”, - deydi Nasimov.

Bahodir Nasimov bilan to‘liq suhbatni tez orada saytimiz orqali o‘qishingiz mumkin. Shunday ekan bizdan uzoqlashmang!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!