Bahrayn termasi ustozi: Ochilish o‘yinida ishtirok etishimizdan xursandman

  • 4 yanvar, 2019, 22:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ochilish o‘yinida mezbon mamlakat - BAA va Bahrayn terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Bugun mazkur uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda jurnalistlarning savollariga Bahray termasi bosh murabbiyi Mirovslav Soukup javob qaytardi.

Tecno

"Biz saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, A guruhida ekanligimizdan va ochilish o‘yinida ishtirok etishimizdan xursandman. 

To‘g‘ri, biz guruhda favorit emasmiz. Biroq shuni ta’kidlashim kerak jamoam so‘nggi yillarda katta o‘sishga erishdi va biz bu turnirga tayyormiz.

Futbolchilarimning BAAni engish o‘tida yonmoqda deb o‘ylayman. Albatta, biz mag‘lub bo‘lishimiz mumkin, ammo o‘yin yakunida futbolchilarim boshlarini baland ko‘tarib tark etishini istayman", - dedi Coukup.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!