
Baku-2017: Juftlik bahsida hamyurtlarimizning qo‘li baland keldi
Xabar berib o‘tganimizdek IV “Islom birdamlik o‘yinlari”ning tennis bo‘yicha musobaqalarida erkaklar terma jamoamiz ilk uchrashuvini kecha Turkmaniston terma jamoasiga qarshi o‘tkazgan, ularda Saida’lo Saidkarimov raqibi Georgiy Pochayga dastlabki setni 3:6 hisobida boy bergan bo‘lsa, keyingi ikki setda 6:4, 7:5 hisoblarida g‘alaba qozonib uchrashuvni o‘z foydasiga hal qilgandi. Yana bir tennischimiz Sergey Fomin esa afsuski Yuriy Rogusskiyga 2:6, 6:4, 4:6 hisoblarida yutkazib qo‘ygandi. Natijada turkmanistonlik tennischilar hisobni tenglashtirib olishgandi.
O‘zbekiston MOQning xabar tarqatishicha, O‘zbekiston va Turkmaniston terma jamoalari o‘rtasidagi bahs taqdirini hal qiladigan juftliklar o‘rtasidagi baxs kecha Bokudagi noqulay ob havo sharoiti tufayli o‘tkazilmay qolgandi. Ushbu uchrashuv bugun bo‘lib o‘tdi va unda Saidkarimov/Sultonbekov juftligi Rogusskiy/Gurbanov juftliga qarshi kurash olib borishdi. Tennischilarimiz har ikkala setda 6:3, 6:4 hisoblarida g‘alaba qozonib uchrashuvni o‘z foydalariga hal qilishdi. Demak 3 ta o‘yin natijasiga ko‘ra hisob 2:1 O‘zbekiston terma jamoasi foydasiga.
Qayd etish lozim, xuddi qizlarimiz kabi yigitlarimiz ham keyingi bosqichga yo‘llanma olishdi.
Fikrlar