«Barsa» «Real»ga aylanib qolyaptimi?

  • 17 noyabr, 2018, 15:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 Ikki klub an’anaviy ma’noda sovrinlar uchun tez-tez to‘qnash kelgani uchun raqiblik qilmaydi. Bu shunchaki «Manchester Yunayted» – «Arsenal» raqobatining eskicha varianti ham emas.

Aksincha, «Barselona» – «Real Madrid» qarama-qarshiligi jiddiy raqobat. Ispaniyadagi fuqarolik urushida ispan hukumatining Kataloniya milliy birdamligiga bosim o‘tkazgani tufayli siyosiy elementlar ham qorigan jiddiy raqiblik hisoblanadi. Aslida, diktator Fransisko Franko «Real» muxlisi ham bo‘lmagan, Madrid unga qarshi kurashgan shaharlardan biri bo‘lgan. Ispaniya birligini ilgari surishni madridliklar o‘sha davrda o‘ziga qabul qilib olgandi. O‘shandan keyin ikki tomon hech qachon hamkorlik qilmay kelmoqda.

Zamonaviy shart-sharoitda, ushbu duel maydondagi g‘oya tufayli ham ancha qiziqarli tus oldi. Kroyff «Barsa»ga 80-yillar oxirida murabbiy sifatida qaytganidan boshlab jamoaga «Ayaks» modelini singdirishni boshlab yubordi. Bu yangicha modelning birinchi tamoyili pas berish va to‘pga egalik qilish edi.

Albatta ushbu o‘yin falsafasi ish bermagan paytlar ham bo‘ldi. Biroq bu falsafaning reformatorlari uni vaqti-vaqti bilan qayta tatbiq qilib turishdi. Bular – Lui Van Gal, Frank Raykard, Pep Gvardiola va Tito Vilanovalar bo‘lishdi. Pas, to‘pga egalik qilish, pozitsion o‘yin, hukmronlik qilish, yuqori sifatli o‘yinlarning davomiyligi va albatta jamoaviylikning individuallikdan ustunligi – Kroyff falsafasining asosiy tamoyillari edi. «Real Madrid» esa aksincha o‘yinni yutish uchun har qanday yo‘lga bosh urishi, o‘z safida superyulduzlarning bo‘lishi va individuallikning ustunligi bilan azaliy raqibidan ajralib turadi.

Luis Enrikening «Barselona»ga bosh murabbiy etib tayinlanishi ko‘pchilikni ikkiga bo‘lib tashladi. U ishini dastlabki tamoyildan voz kechish bilan boshladi.

Pas berish muntazam kamayib borgani yo‘q, ammo vertikal o‘yin ko‘rsatish ko‘payib bordi. Kamiga pozitsion o‘yin va yarim himoya uch superyulduz hujumchilar evaziga kasodga uchradi.

Ammo Ernesto Valverde Luchoning o‘rninni egallaganidan keyin klub yana birinchi tamoyilga qaytishi borasidagi tasavvurlar uyg‘ondi. Boisi Valverde ko‘proq o‘yin nazorati orqali pozitsion o‘yin ko‘rsatishni talab qildi. Farqi, ozgina ko‘proq nazorat. Luis Enrikedan Valverdening farqli tomoni shundaki u ozgina ehtiyotkorroq. Murabbiy La Liga va Qirol Kubogini yutdi, ammo undagi ehtiyotkorlik va qo‘rquv mavsumni trebl bilan tugatishga to‘g‘anoq bo‘ldi.

Ushbu mavsumda esa kataloniyaliklar o‘tgan galgisidan ancha mavhumroq o‘yin namoyish qilmoqda. Bir tarafdan ular o‘zlarining uslubida o‘ynayotgandek. Pas berish, pozitsion o‘yin, o‘yin nazorati, barcha-barchasi bor. Usmon Dembelega nisbatan bo‘layotgan munosabat futbolchining iqtidoridan qat’iy nazar jamoaviylik individuallikdan ustun ekanligini isbotlovchi dalil bo‘la oladi.

Ammo davomiylikchi? «Ko‘k-anorranglilar»ning har o‘yindagi yondashuvi bir xil. O‘yinga to‘liq egalik qilishchi? Xmm, bunga javob berish ancha qiyin.

Keling, vaziyatga bir nigoh tashlaylik. «Barsa»ning Chempionlar Ligasidagi ishtirokiga shunchaki gap bo‘lishi mumkin emas. «O‘lim guruhi» deb atalgan guruhda kataloniyaliklar to‘rt uchrashuvning uchtasida g‘alaba qozondi va aftidan o‘z guruhini peshqadam sifatida yakunlaydi. Ular har uchrashuvda ajoyib harakat qilishdi. Barcha kutgan yorqin o‘yin namoyish qilishdi.

La Ligadachi? Oldindan biror fikr bildirish qiyin bo‘lib qoldi. Ular madridliklarni 5-1 hisobida «er tishlatgan» bo‘lishi, «Real Sosedad» to‘sig‘idan o‘tishi yoki «Sevilya»ni tor-mor keltirishi mumkin, ammo ular to‘rt o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. O‘z uyida «Jirona» va «Atletik» bilan durang o‘ynadi, safarda «Leganes»ga yutqazib qo‘ydi.

Ikki haftacha oldin esa 19-o‘rinda borayotgan «Rayo Valekano»ga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalardagi «kambek»ka muhtoj bo‘lib qoldi. Keyin «Kamp Nou»da «Betis»ni qabul qildi. Ushbu raqibini osonlikcha mag‘lub etadi deb turgan bir vaqtda o‘rtamiyona futbolchilar bilan jamoaviylikni namoyish qilgan «Betis»dan mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.

Ushbu o‘yinlar bir necha jihatlari bilan e’tiborga molik. «Barsa» ularga qarshi o‘zining odatiy o‘yinini ko‘rsata olmadi. Jamoada birlik, bog‘liqlik ko‘rinmadi. Pozitsion o‘yin haqidaku gapirmasak ham bo‘ladi. To‘pga egalik qilish aftodahol bo‘ldi. Faqatgina Leo Messi, Jordi Alba va Usmon Dembelelarning bir nima qilishga bo‘lgan individual mahoratlari bilan yodda qoldi.

EChLda o‘zini ko‘rsatayotgan klub nahotki uy uchrashuvlarida kichikroq jamoalarga qarshi o‘zini ko‘rsata olmasa?

Yuqoridagilar uni «Real»ni ozgina eslatib yubormoqda, shunday emasmi?

Valverde aftida jamoa ustidan nazoratni yo‘qotib qo‘ygan ko‘rinadi. To‘g‘ri uning jamoasi hanuz La Liga etakchisi. Ammo bir ochko farq ularni eng yaqin ta’qibchisidan ajratib turadi. Eng omadsiz mavsum startini o‘tkazayotgan «qirollik klubi» esa ulardan atigi to‘rt ochko ortda qolmoqda.

Neytral muxlislar uchun chempionlik poygasida intriga saqlanib qolgani yaxshi bo‘lishi mumkin, ammo «Barselona»ning «Reallashishi» ular uchun yomon xabar. Butun mavsum katta o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatish orqali ish bitmaydi.

Albatta, «Real» buni so‘nggi uch yilda ikki marta EChLda (2016 va 2018) ko‘rsatib berdi. Kataloniyaliklar shunga qaramay hozirdanoq ichki chempionatga ham jiddiy e’tibor qaratishi va davomiylikni saqlab qolishi kerak. Aks holda bahor kelgan vaqtda ular ko‘p hammasini yo‘qotib qo‘yishi turgan gap.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!