
“Barselona” 7ta futbolchisining transferidan 150 mln evro ishlab olmoqchi
Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati yozgi transferlar davrida keraksiz futbolchilarining sotuvidan yaxshigina pul ishlab olishni rejalashtirmoqda.
The Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar 7 nafar futbolchisini umumiy hisobda 150 mln evroga sotishmoqchi.
Unga ko‘ra “Barselona” Rafinya Alkantarani 35 million, Yasper Sillessen hamda Yerri Minalarni 30 milliondan, Andre Gomeshni 22 million, Lyuk Dinni 15 million, Marlonni 10 million hamda Aleysh Vidalni 8 million evroga sotmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” o‘tgan mavsum rekord darajada daromad ko‘rgani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar