"Barselona" Gomeshni AQShga olib ketmadi

  • 13.07.2018 19:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Portugaliyalik yarim himoyachi Andre Gomesh “Barselona”ning AQShda o‘tkaziladigan  mavsumoldi yig‘iniga boradigan futbolchilar ro‘yxatiga kiritilmadi.

Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” Gomeshni yangi mavsumda o‘z rejalariga kiritishmayapti va shu bois uni transferga qo‘yishgan. Kataloniyaliklar Gomeshni kamida 22 mln evroga pullashni rejalashtirishmoqda.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum “Barselona” safida jami 31ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!