"Barselona" Markos Alonsoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 17 oktabr, 2017, 15:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi rahbariyati jamoaning chap qanot himoyasini “Chelsi” futbolchisi Markos Alonso bilan kuchaytirmoqchi.

Don Balon nashrining yozishicha Xordi Albaning harakatlari bosh murabbiy Ernesto Valverdeni qoniqtirmayapti. Uning o‘rniga esa asosiy nomzod sifatida esa aynan Alonso ko‘rilmoqda. Biroq, “ko‘k-anor ranglilar” rahbariyati futbolchining narxi juda qimmat ekanligidan xavfsiramoqda.

Shu bois, agar “Barselona” bu borada “Chelsi” bilan kelisha olmasa, u holda kataloniyaliklarning yoshlar jamoasi a’zosi Marku Kukurellu asosiy tarkibga jalb etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!