
"Barselona" Munirni tekinga qo‘yib yuboradi
Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati hujumchi Munir El-Xaddadining jamoadagi kelajagi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 23 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilishgan. Shu bois, Munir joriy mavsum yakunlangach “Barsa”ni erkin agent sifatida tark etadi.
Ta’kidlash kerakki, tomonlar o‘rtasidagi bir necha oy davom etgan muzokaralar besamar yakunlangan.
Ma’lumot uchun, Munir “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2014 yildan buyon bosh jamoada to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida 56ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar