“Barselona” Villian uchun “Chelsi”ga 72 mln evro taklif qilmoqda

  • 21 iyul, 2018, 09:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” jamoasi hisob bo‘yicha uchinchi marta “Chelsi” klubiga yarim himoyachi Villian borasida taklif bilan chiqdi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar Villian uchun 72 million evro taklif qilmoqda. Bundan avvalgi taklif 2 million evroga kamroq bo‘lgan.

Avvalroq “Manchester Yunayted” jamoasi ham braziliyalik 29 yoshli futbolchiga qiziqish bildirgan va uning transferi uchun 80 million evro sarflashga tayyor bo‘lgandi.

O‘tgan mavsumda Villian APLning 36 o‘yinida maydonga tushib, 6 ta gol va 7 ta golli pasga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!