“Barselona” Villian uchun narxni yana oshirdi
Kataloniyaning “Barselona” klubi hamon “Chelsi” yarim himoyachisi Villianni sotib olish fikridan qaytmayapti.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 29 yoshli braziliyalik futbolchining transferi borasida “aristokratlar”ga o‘zining uchinchi taklifini yuborishgan. Bu safargi narx 62 mln evroni tashkil etadi. Biroq, “Chelsi” ushbu taklifga hozircha javob qaytarmayapti.
Ma’lumot uchun, Villian o‘tgan mavsum “Chelsi” safida jami 45ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar