"Barselona" futbolchisi safga qaytdi

  • 22.12.2018 12:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" klubi himoyachisi Nelson Semedu jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lib safga qaytdi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli portugaliyalik futbolchi bugun bo‘lib o‘tadigan "Selta"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilgan.

Ma’lumot uchun, Semedu joriy mavsum “ko‘k-anor ranglilar” safida jami 17ta o‘yinda ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, Vermalen, Malkom, Rafinya, Samper va Umtiti kabi futbolchilar hamon lazaretda qolishmoqda.

“Barselona” – “Selta” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!