"Barselona" prezidenti: "Real"dan futbolchi sotib olinishiga qarshi emasman
Kataloniyaning "Barselona" klubi prezidenti Xosep Mariya Bertomeu "Real"dan futbolchi olib kelinishiga qarshi emasligi aytib o‘tdi.
“Agar jamoa murabbiyi Madrid klubidan futbolchi sotib olishni xohlasa va futbolchining o‘zida ham jamoadan ketish istagi bo‘lsa, biz albatta ular bilan shartnoma imzolaymiz. Garchi bundan holat men “Barsa”ga kelganimdan buyon sodir bo‘lmagan bo‘lsada.
Har bir jamoa kuchli bo‘lishni xohlaydi. Biz “Real” bilan Iskoning transferi borasida gaplashdik”, - deydi Bartomeu.
Fikrlar