"Barselona" qishda tarkibni Pogba bilan kuchaytiradi

  • 2 oktabr, 2018, 14:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Pol Pogba “Barselona”ning markaz chizig‘ini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan asosiy futbolchilardan biri bo‘lib turibbdi.

Tecno

ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, katalon klubi frantsuz futbolchisi bilan qishki transferlar mavsumida shartnoma imzolamoqchi. Shuningdek, yana boshqa nomzodlar ham bor: Adrient Rabo (PSJ) va Frenki de Yong (Ayaks). 25 yoshli Pogbaning transferi eng qimmat deya baholanmoqda – tovon puli 100 million evro va agent xizmati bor.

“Barselona” esa bu xaridni amalga oshirishga tayyor. Ular yillik daromad 960 million evro (tax 1,1 milliard dollar) bo‘lishi taxmin qilishmoqda va bundan Pogbaning transferiga sarflashga tayyor.

Manbada yozilishicha, “Manchester Yunayted” bosh murabbiy Joze Mourino bilan futbolchining munosabatlari yomonlashayotganiga qaramasdan uni sotmoqchi emas.

Avvalroq Pol Pogbaning “Manchester Yunayted”dagi taqdiri noyabrda hal qilinishi haqida xabar berilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!