"Barselona" rahbariyati Valverde bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” tez orada 54 yoshli mutaxassis bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlamoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Valverde “Barselona”ni 2017 yildan buyon boshqarib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida jamoa uning qo‘l ostida Ispaniya La Ligasi va kubogida zafar quchdi. Shuningdek, mamlakat Superkubogini ham qo‘lga kiritdi. Ular ayni damda chempionatda ham Chempionlar ligasida ham etakchilik qilishmoqda.
Fikrlar