"Barselona" yozda "Atletiko" etakchilaridan birini sotib olmoqchi

  • 23.02.2019 14:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Saul Niges “Barselona”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar 24 yoshli ispaniyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi va buning uchun “matraschilar”ga 110 mln evro taklif qilishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Saulga "Bavariya" va "Manchester Siti" klublaridan ham qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!