“Barselona”da bugungi o‘yin oldidan yo‘qotishlar bor

  • 18 mart, 2018, 16:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning bir nechta futbolchilari bugun Ispaniya La Ligasi 29-turidan o‘rin olgan “Atletik”ka qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi.

Tecno

Himoyachi Tomas Vermalen va yarim himoyachi Serdji Buskets kichik jarohati bois, bugungi o‘yinda ishtirok etishmaydi.

Nelson Semedu va Denis Suareslar hamon tiklanish jarayonini o‘tamoqda. Luis Suares kartochkalari soni ko‘payib ketgani bois, bugungi bellashuvni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Shu bois, kataloniyaliklarning bugungi o‘yin uchun qaydnomasidan Yerri Mina hamda “Barselona B” futbolchisi Karles Alenyalar o‘rin olishgan.

Ma’lumot uchun, “Barselona” – “Atletik” o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 20.15 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!