
"Barselona"ga "Tottenxem" himoyachisi kerak
“Tottenxem” himoyachisi Tobi Alderveyreld faoliyatini “Barselona” klubida davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Britaniya OAV.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchiga shuningdek, “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirmoqda. “Barselona”da esa yana boshqa variantlar ham bor. U “Ayaks” himoyachisi Matteys de Ligt.
29 yoshli belgiyalik futbolchining londonliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. “Tottenxem” uni qishki transferlar mavsumida tovon pulisiz sotib yuborishi mumkin. Agar kelishuv bir yilga uzaytiriladigan bo‘lsa, yozgi transferlar mavsumining so‘nggi ikki haftasida uni 28 million evroga xarid qilish mumkin bo‘ladi.
Fikrlar