"Barselona"ning etakchi himoyachisi safga qaytdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Samuel Umtiti uzoq muddatli davolanishlardan so‘ng yana safga qaytdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 25 yoshli frantsiyalik futbolchi bugun umumiy guruhda mashg‘ulot olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, Umtiti 2,5 oydan buyon davolanib kelayotgan edi. U so‘nggi bor o‘tgan yilning noyabrida maydonga tushgan edi.
Fikrlar