"Barselona"ning yana bir futbolchisi yapon klubiga o‘tadi
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Serji Samper faoliyatini Yaponiyada davom ettiradi.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli ispaniyalik futbolchi Andres Inesta va David Vilya kabi “Barselona”ning sobiq futbolchilar to‘p tepayotgan “Vissel Kobe” klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi.
Ma’lumot uchun, Samper joriy mavsum uzoq muddatni davolanishga sarflab yubordi. U hozirgacha faqatgina Ispaniya kubogi doirasida “Kulturalya”ga (1:0) qarshi o‘yinda 33 daqiqa harakat qildi xolos.



Fikrlar