
Batshuayi "Borussiya"Dortmundga o‘tgach, jamoasining 5ta golidan 4tasida ishtirok etdi
Huquqiy jihatdan Londonning “Chelsi” klubiga tegishli hisoblangan, mavsumning ikkinchi qismini esa ijara asosida “Borussiya” Dortmundda o‘tkazayotgan Mishi Batshuayi bugun “Gamburg”ga (2:0) qarshi bahsda ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Shu tariqa 24 yoshli belgiyalik futbolchi dortmundliklarning so‘nggi 2ta uchrashuvda kiritgan 5ta golning 4tasida bevosita ishtirok etdi. Aniqrog‘i, u o‘tgan tur “Kyoln”ga (3:2) qarshi o‘yinda o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan edi.
Fikrlar