"Bavariya" 19 yoshli germaniyalik hujumchi bilan kelishuvga erishdi

  • 07.02.2019 15:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Gamburg” klubi hujumchisi Yann-Fite Arp faoliyatini “Bavariya”da davom ettiradigan bo‘ldi.

Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra myunxenliklar 19 yoshli germaniyalik futbolchi bilan kelishuvga erishishgan. Biroq, hozircha Arp joriy mavsum yakunlangach “Bavariya”ga ko‘chib o‘tadimi yoki yana bir yildan so‘ngmi, bu haqda ma’lumotlar yo‘q.

Ma’lumot uchun, Arp joriy mavsum “Gamburg” safida ikkinchi Bundesligada jami 11ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 1ta goliga assistentlik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!