
"Bavariya" Drogbaga: Sen bizni "xafa" qilgan bo‘lsangda, eng yaxshi narsalarni tilab qolamiz
Myunxenning "Bavariya" klubi Londonning "Chelsi" klubi sobiq hujumchisi Dide Drogbaga tvitter sahifasi orqali murojaat qildi. Afrikalik futbolchi yaqin faoliyatini yakunlagan edi.
- Bir gal sen bizni "xafa" qilgansan, ammo biz seni baribir ajoyib faoliyat bilan tabriklaymiz. Kelajakda eng yaxshi narsalar tilab qolamiz, - deyiladi xabarda.
"Bavariya" va "Chelsi" 2011/12 mavsum EChL finalida to‘qnash kelgan. Drogba 88-daqiqada hisobni tenglashtirgan va hal qiluvchi penaltini aniq amalga oshirib, o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan.
40 yoshli futbolchining so‘nggi klubbi AQSh ikkinchi divizioni vakili "Finiks Rayzing" jamoasi bo‘ldi.
Fikrlar