
"Bavariya" yozda Frantsiya chempionati yulduzlarini sotib olmoqchi
Myunxenning "Bavariya" klubi yozgi transferlar davrida o‘z safini Frantsiya chempionati yulduzlari bilan kuchaytirmoqchi. Bu haqda France Football nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra nemis grandi "Marsel"dan Florian Toven, "Lion"dan Nabil Fekir hamda "Lill"dan Nikolya Pepe kabi yarim himoyachilarni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Buning uchun esa ushbu futbolchilarning transferiga 140 mln evro mablag‘ sarflashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum yakunida Xames Rodriges, Aren Robben va Frank Riberilarning “Bavariya” bilan shartnomasi o‘z yakuniga etadi. Ular katta ehtimol bilan faoliyatini boshqa jamoalarda davom ettirishadi.
Fikrlar