
"Bavariya"ga ketgan Xamesning raqamida endi Modrich o‘ynaydi
Yozgi transferlar davrida “Real”ga kelib qo‘shilgan yangi futbolchilar yangi mavsumda qaysi raqamlarda to‘p surishi ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra himoyachi Teo Ernandes 15-raqamda, yarim himoyachi Markos Lorente 18-raqamda va yana bir yarim himoyachi Daniel Sebalos esa 24-raqamda maydonda harakat qilishadigan bo‘lishdi.
Bundan tashqari shu paytgacha 19-raqamda o‘ynab kelgan Luka Modrich kolumbiyalik jamoadoshi Xames Rodriges “Bavariya”ga o‘tganidan so‘ng, undan bo‘shab qolgan 10-raqamni o‘zlashtirdi.
Fikrlar