
"Bavariya"ning 4 nafar asosiy tarkib futbolchisi "Borussiya"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
Myunxenning "Bavariya" klubi Bundesliganing 24-turidan o‘rin olgan "Borussiya" Myunxengladbaxga qarshi o‘yindan oldin jiddiy yo‘qotishlarga uchradi.
Kicker nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bo‘lajak muhim uchrashuvda Manuel Noyer, David Alaba, Leon Gorettska va Frank Riberilarning ishtirok etishi katta so‘roq ostida qolmoqda.
Noyer shamollagan, Alaba mushaklaridan jarohatlangan, Gorettskaning to‘pig‘i og‘riyapti, Riberida esa oshqozoni bilan bog‘liq muammo paydo bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, "Borussiya M" - "Bavariya" uchrashuvi 2 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi. Ta’kidlash kerakki, ushbu jamoalar ayni damda musobaqa jadvalida 2- va 3-o‘rinlarda yonma-yon kelishmoqda.
Fikrlar