Bekxem Zidanni MLSga taklif qildi

  • 24 sentabr, 2018, 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyalik mashhur futbol yulduzi Devid Bekxem ayni damda murabbiylikda faoliyat olib borayotgan “Real”dagi sobiq jamoadoshi Zinedin Zidanni o‘zining "Inter Mayami" klubini boshqarishni taklif qildi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Biroq, frantsiyalik mutaxassis Bekxemga qanday javob bergani ma’lum emas. Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Zidanning "Manchester Yunayted"ni boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Bekxemning "Inter Mayami" klubi 2020 yildan boshlab MLSda ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!