Bekxem o‘z jamoasiga yana bir yulduz futbolchini taklif qilmoqchi
Angliyalik mashhur futbol yulduzi Devid Bekxem o‘zining "Inter Mayami" klubiga iste’dodli futbolchilarni jalb etish ishlarini davom ettirmoqda.
Sportsmole nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Bekxem bu borada "Arsenal" xavbeki Mesut O‘zilning xizmatlariga qiziqish bildira boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Bekxem o‘z jamoasiga Ronaldu va Messini ham taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, "Inter Mayami" klubi 2020 yildan boshlab MLSda debyut qiladi.



Fikrlar