
Bekxem va Neymar "Formula-1" chempionini tabrikladi
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Devid Bekxem o‘zining Instagram sahifasida hamyurti Lyuis Xemiltonni "Formula-1" chempionatidagi g‘alabasi bilan qutladi. Eslatib o‘tamiz, "Mersedes" jamoasi piloti "Meksika Gran-pri"sida to‘qqizinchi bo‘lib marraga etib kelgan, ammo muddatidan oldin titulni qo‘lga kiritdi. Bu uning faoliyatidagi 4-chempionligidir.
– U yoshligidan haqiqiy chempion. Men buni bilardim, – deb yozadi Bekxem. – Bu juda qiyin ish va mashaqqat talab qiladi. Chempionlik bilan yana bir marta tabriklayman.
Shuningdek, PSJ hujumchisi Neymar ham sportchini qutlagan.
– Ey, Lyuis! Bu Neymar. Men jahon chempioni bo‘lganingdan xursandman. G‘olib! —deydi braziliyalik futbolchi.
Fikrlar