Bekzod Abdurahmonov bronza uchun kurashadi

CHERY AUTO

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida sport kurashlari bo‘yicha Jahon chempionati davom etmoqda. Musobaqaning erkin kurash yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan bahslarda hamyurtimiz Bekzod Abdurahmonov bronza medali uchn kurashadigan bo‘ldi. 

Tecno

Hamyurtimiz musobaqaning ilk bosqichida gruziyalik Avtandil Kenchadzega imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Biroq Kenchadze final bosqichiga qadar etib borgani sababli polvonimiz bronza medali uchun o‘tkaziladigan qo‘shimcha saralash bosqichida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldi. 

Ushbu bosqichda Abdurahmonov dastlab, polshalik Andrjey Sokalski, so‘ng ozarbayjonlik Abubakr Abakarovni mag‘lub etishi lozim. Shundan so‘ng, bronza medali uchun o‘tkaziladigan bahsda turkiyalik Soner Demirtashga qarshi gilamga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!