
Benites: "Inter"da mening uslublarim ish bermagan degan fikrlarga qo‘shilmayman
"Nyukasl" bosh murabbiyi Rafael Benites o‘zining sobiq jamoasi hisoblangan "Inter"dagi faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Inter”da mening uslublarim ish bermagan degan fikrlarga qo‘shilmayman. Biz “Inter” bilan Italiya Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdik. E’tiborlisi, biz bu sovrinlarni hech qanday transferlarni amalga oshirmasdan turib qo‘lga kiritdk. O‘shanda bizda faqatgina yosh Koutino bor edi xolos”, - deydi Benites.
Eslatib shtamiz, 58 yoshli ispaniyalik mutaxassis “neradzurrilar” boshqaruvini 2010 yil qabul qilib olgan va oradan 1,5 yil o‘tib iste’foga chiqarilgan edi.
Fikrlar