Berilmagan penalti, Benzema qahramon yoxud "Real" EChL finaliga chiqdi (Video)

CHERY AUTO

 

Kecha tunda EChL yarim final javob o‘yinlariga start berildi. Dastlabki yarim final javob bahsida Madridning "Real" klubi o‘z maydonida "Bavariya"ni qabul qildi.

Safarda myunxenliklarni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan Uchrashuv avvalida Joshua Kimmix gol kiritib, hisobni ochdi. Biroq oradan  ko‘p vaqt o‘tmasdan Karim Benzema muvozanatni tikladi.

Birinchi bo‘lim yakunida hakam "Real" himoyachisi Marselo o‘z jarima maydonchasida qo‘li bilan o‘ynadi, ammo hakam penalti belgilamadi. 

Ikkinchi bo‘lim boshida esa Benzema darvozabonning xatosidan unumli foydalanib, "Real"ni hisobda oldinga olib chiqdi. 63-daqiqada esa Xames Rodriges sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol etishga erishdi va o‘yin shu hisobda yakuniga etdi.

Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (4:3) madridliklar EChL finaliga yo‘l olishdi. Zidan shogirdlari qatorasiga 3-yil Evropaning eng nufuzli turniri finalida o‘ynaydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!