
Bernardu Silva Angliya liga kubogi finalining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
“Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Bernardu Silva kecha “Chelsi”ga qarshi bo‘lib o‘tgan Angliya liga kubogi finalining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, kechagi uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida g‘olib nomi aniqlanmagach hakam penaltilar seriyasiga murojaat qildi. Unda esa omad “shaharliklar”ga kulib boqdi.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli portugaliyalik futbolchi joriy mavsum APLda jami 26ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar