Beyl "Real"ning mag‘lubiyatiga chiday olmadi va ...

  • 07.01.2019 12:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jarohati sabab jamoasiga yordam berolmagan "Real" vingeri Garet Beyl kecha "Real Sosedad"ga (0:2) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinni ohirigacha ko‘rishni xohlamadi.

El Chiringuito tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli uelslik futbolchi o‘yinning 78-daqiqasida stadiondan chiqib ketishga qaror qilgan. O‘sha paytda “qirollik klubi” 0:1 hisobida imkoniyatni boy berayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Beyl “Vilyarreal”ga qarshi bahsda jarohat olgan edi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra bir oy maydonga tusha olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!