
Beyl kecha La Ligadagi 100 kunlik golsiz seriyasiga barham berdi
Xabaringiz bor kecha “Real” Madrid La Liganing 15-turida safarda “Ueska” mehmoni bo‘ldi va 0:1 hisobida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
“Qirollik klubi”ga 3 ochko olib kelgan yagona golga esa Garet Beyl mualliflik qildi. E’tiborlisi, bu uelslik futbolchining La Ligada so‘nggi 100 kun ichida kiritgan ilk goli bo‘ldi.
Eslatib o‘tish lozimki, Beyl so‘nggi bor sentyabr oyida “Leganes”ga (4:1) qarshi kechgan bahsda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan edi.
Fikrlar