Beylning qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi

  • 04.01.2019 22:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” Madrid vingeri Garet Beyl kecha “Vilyarreal”ga (2:2) qarshi kechgan bahsda jarohat olgani haqida xabar bergan edik.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 29 yoshli uelslik futbolchi chap oyoq son mushaklaridan olgan jarohati sabab 2 hafta maydonga tusha olmaydi. Shu tariqa u "Real Sosedad" va "Betis"ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.

Ma’lumot uchun, Beyl joriy mavsum “Real” safida jami 23ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!