Biatlon mavsumi yakunlandi

CHERY AUTO

Rossiyaning Tyumen shahrida biatlon bo‘yicha jahon kubogining so‘nggi bosqichi doirasidan o‘rin olgan mavsumning eng oxirgi poygasi bo‘lib o‘tdi. Bugun tashkil etilgan bahsda erkaklar o‘rtasida mass-start poygasi bo‘ldi. 

Erkaklar o‘rtasida kechgan bellashuv rossiyalik Maksim Tsvetkovning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shohsupaning qolgan pog‘onalaridan norvegiyalik ikki biatlonchi: Erlend Byontegard hamda Yoxannes Byo o‘rin olishdi. Yakunda mavsum g‘olibligini kutilganidek frantsiyalik Marten Furkad qatorasiga ettinchi bor qo‘lga kiritdi. 

Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan mass-startda belaruslik Darya Domrachevaga teng keladigani topilmadi. Slovakiyalik Paulina Fialkova hamda frantsiyalik Anais Shavale kuchli uchlikni yakunlab berishdi. Marra chizig‘ini oltinchi bo‘lib kesib o‘tgan finlyandiklik Kaysa Myakyaryaynen umumiy hisobda barcha raqibalarini ortda qoldirib, yakunda katta billur globusga ega chiqdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!