
Bikmaevning penaltidan kiritgan gollari “Lokomotiv”ga “Bunyodkor” ustidan g‘alaba keltirdi
Bugun O‘zbekiston Superligasining 8-turidan o‘rin olgan so‘nggi bahslar bo‘lib o‘tdi. Turning “Markaziy” o‘yini Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida kechdi.
Unda mezbon “Bunyodkor” jamoasi o‘z maydonida hamshahari “Lokomotiv”ni qabul qildi.
Toshkent derbisida “temiryo‘lchilar” 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekiston Superligasi. 8-tur
“Bunyodkor” – “Lokomotiv” 1:2 #Tugadi
Gollar: Murodjon Toshmatov (59) - Marat Bikmaev (71, 86 ikkalasi ham penaltidan)
Toshkent. “Bunyodkor” stadioni
“Bunyodkor”: 25.Murodjon Zuhurov, 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akramjon Komilov, 6.Anvar G‘ofurov, 8.Jovlon Ibrohimov, 11.Murodjon Toshmatov, 18.Sardor Sobirxo‘jaev, 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 30.Xurshid G‘iyosov, 44.Mirjamol Qosimov, 99.Filip Raevats.
"Lokomotiv": 1. Ignatiy Nesterov, 5. Kaxi Maxaradze, 10. Marat Bikmaev, 15 Sardor Mirzaev, 19. Husniddin G‘ofurov, 20. Islom To‘xtaxo‘jaev, 22. Sanjar Shoahmedov, 27. Sardor Rashidov, 28. Shuhrat Muhammadiev, 33. Oleg Zoteev, 88. Igor Yelich.
Zahira: 12. Mamur Ikromov, 4. Bobur Yo‘ldoshev, 7. Sadriddin Abdullaev, 18. F. Bekmurotov, 23. Idris Bikmaykin, 77. Diyorjon Turopov, 99. Cho Suk Jae.
Fikrlar