Bilasizmi, "Chelsi" o‘tgan 21 turda to‘plagan ochkolarini o‘tgan butun bir mavsumda ham to‘play olmagandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor kecha Angliya premer-ligasining 21-turida "Chelsi" safarda amaldagi chempion - "Lester"ga qarshi maydonga tushdi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. 
Ayni damda Antonio Konte shogirdlari hisobida 52 ochko mavjud va ular turnir jadvalida 2-o‘rinda borayotgan "Tottenxem"dan 7 ochko ilgarilab ketishdi.

E’tiborlisi, "aristokratlar" 21 turga kelib 52 ochko jamg‘ara olishdi. Ta’kidlash kerakki ular o‘tgan mavsum so‘nggiga qadar ham buncha ochko to‘play olishmagandi.
Ma’lumot uchun, "Chelsi" 2015-2016 yilgi mavsumda 50 ochko to‘plab, musobaqani 10-o‘rinda yakunlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!