Bilasizmi? Angliya yoshlar terma jamoasini boshqarishga 150ta murabbiy ariza bergan

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya futbol assotsatsiyasi (FA) hali mamlakat yoshlar terma jamoasiga rasman bosh murabbiy tayinlamadi. Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha bu borada tashkilotga 150ta rezyume kelib tushgan.

Ma’lumot uchun, bundan avval Angliya yoshlar terma jamoasini Garet Sautgeyt boshqargan va shundan so‘ng u asosiy jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Uning yoshlar terma jamoasidagi vazifasini oktyabr oyidan buyon Eydi Botroyd bajarib kelmoqda. Aytish kerakki, aynan shu murabbiyning nomzodi yuqori baholanmoqda.

Bundan tashqari, Tim Shervud va Styuart Pirs kabi mutaxassislar ham yoshlar terma jamoasini boshqarishi mumkin bo‘lganlar ro‘yxatidan joy olishgan.

Eslatib o‘tamiz, Angliya yoshlar terma jamoasi kelgusi yil Polsha yashil maydonlari mezbonlik qiladigan U21 Evropa chempionatida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!