
Bilasizmi? "Bavariya" "Gamburg"ga qarshi o‘z maydonida kechgan so‘nggi 8ta bahsda 50ta gol kiritgan
“Gamburg” klubi “Bavariya”ga qarshi Myunxenda o‘tgan so‘nggi bahslarda juda yomon ko‘rsatgichlarni qayd etmoqda.
WhoScored bergan ma’lumotlarga ko‘ra myunxenliklar “Gamburg”ga qarshi o‘z maydonlarida o‘tgan so‘nggi 8ta uchrashuvda raqiblari darvozasiga 50ta gol urishga erishishgan. Aniqrog‘i, “Alianz Arena”da kechgan so‘nggi sakkiz bahsda 6:0, 8:0, 5:0, 8:0, 3:1, 9:2, 5:0 va 6:0 natijalari qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha Bundesliganing 26-turida “Bavariya” “Gamburg” darvozasiga javobsiz 6ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Fikrlar