Bilasizmi: “Lokomotiv” “Qo‘qon-1912”ga hali mag‘lub bo‘lmagan

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Oliy Liga 26-turi doirasida musobaqa jadvali karvonboshisi “Lokomotiv” “Qo‘qon-1912” klubini qabul qiladi. "Temiryo‘lchilar" matbuot xizmati mazkur o‘yinga oid qiziqarli faktlarni taqdim etdi.

Anchagina qiziqarli tarzda o‘tishi kutilayotgan mazkur o‘yin oldidan ushbu ikki jamoaning o‘zaro qarama-qarshiliklari tarixi haqida ma’lumot berib o‘tadigan bo‘lsak, “Lokomotiv” va “Qo‘qon-1912” shu paytga qadar Oliy Liga doirasida 5 marta to‘qnash kelishgan. Uchrashuvlarda katta ustunlik “temiryo‘lchilar” jamoasi tarafida bo‘lib turibdi.

“Lokomotiv” hozirgacha o‘tgan o‘yinlarning 3tasida zafar quchgan, 2ta bahsda durang qayd etilgan. Qo‘qonliklar esa “Lokomotiv”ni hali umuman mag‘lub etishgan emas.

Toshkentliklar ushbu raqib darvozasini 11 marta ishg‘ol etishgan. O‘z darvozalaridan esa 4ta gol o‘tkazib yuborganmiz. Ushbu raqib ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alaba esa o‘tgan yili qo‘lga kiritilgan bo‘lib, o‘shanda o‘z uyida “Qo‘qon-1912”ni qabul qilgan “Lokomotiv” raqib darvozasini javobsiz 4 marta ishg‘ol etgandi.

Jamoalarning o‘zaro o‘tkazgan barcha uchrashuvlari:

17.05.2017 “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” 1:1

14.10.2016 “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” 4:0

30.05.2016 “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” 1:3

16.10.2015 “Qo‘qon -1912” – “Lokomotiv” 2:2

24.05.2015 “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!