Bilasizmi? Lopetegi Ispaniya terma jamoasi boshqaruvida 19ta o‘yin o‘tkazdi va biror marta ham mag‘lubiyatga uchramadi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi hozircha ushbu lavozimga loyiqligini ko‘rsatishda davom etmoqda.
Evro-2016dan so‘ng Visente Del Boskedan ushbu postni qabul qilib olgan 51 yoshli mutaxassis shu kungacha terma jamoa bosh murabbiyi sifatida 19ta uchrashuv o‘tkazdi. E’tiborlisi, Lopetegi jamoasi ushbu o‘yinlarning 13tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana 6tasida durang qayd etdi va biror marta ham mag‘lub bo‘lmadi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi JCh-2018ning guruh bosqichida Portugaliya, Eron va Marokash terma jamoalariga qarshi kurash olib borishadi.

Fikrlar